

"Brayton" APLning 28-turi doirasida qoldirilgan o'yinda "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi.
"Futbol Xudosi bor. Angliya Kubogi yarim finalida g'alabaga haqli edik, biroq penaltilar sababli mag'lub bo'ldik. Bu o'yinda penalti tepib yutdik.
Ikkala o'yinda ham "Manchester Yunayted"dan yaxshiroq o'ynadik. O'tgan o'yinning natijasi adolatsiz bo'ldi", - dedi "Brayton" ustozi.
Angliya Kubogi yarim finalida "Manchester Yunayted" va "Brayton" 0:0 hisobida durang o'ynadi. Penaltilar seriyasida esa mankunianliklar g'alabaga erishdi.



