De Bryuyne "Real"ga qarshi javob o'yiniga tayyor

Alisher
4 may 2022, 12:44
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne "Real" bilan Chempionlar Ligasi yarim final javob o'yini haqida gapirdi.

"Mavsum so'nggida qanchalik tetik bo'lish, bu doim qiyin savol, ammo o'zimni yaxshi his qilyapman. "Atletiko" bilan o'yinda ko'p zarbalar qabul qilib oldim, undan keyin ham, ammo hozirda barchasi joyida. Yaxshi formadaligimda va ko'plab o'yinlar o'tkazayotganimdan juda ham mamnunman", - deydi de Bryuyne.

Ilk o'yinda Angliya jamoasi g'olib bo'ldi - 4:3. Javob o'yini Madridda bo'lib o'tadi.

CHL finali 28 mayda "Stad de Frans"da bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com