De Bryuyne qachon "Napoli" futbolchisiga aylanadi?

Alisher Ostonov
31 may 2025
"Napoli" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Shartnoma imzolanishi iyun oyi boshida kutilmoqda.

33 yoshli belgiyalikning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Belgiyalik futbolchi "Siti" safida 422 ta o'yinda maydonga tushib, 108 ta gol urgan va 177 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira