De Bryuyne payshanba kuni "Napoli" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Administrator
11 iyun 2025
Kevin de Bryuyne payshanba kuni "Napoli" jamoasi a'zosiga aylanishi kutilmoqda.

De Bryuyne "Manchester Siti"da o'n yil o'ynagach, erkin agent sifatida Neapol klubiga o'tmoqda.

Belgiya milliy terma jamoasining 33 yoshli yarim himoyachisi yiliga 5 million evro maosh bilan "2+1" tizimida shartnoma imzolashi haqida ma'lumot berilgandi.

Sky Sport xabariga ko'ra, Kevin ertaga Rimga yetib keladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng kelishuv imzolanadi.

Belgiyalik futbolchi 2024/25-yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasida 28 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports