De Bryuyne ketadimi? Gvardiola javob berdi

Mirjalol Normatov
7 dek 2024
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Kevin de Bryuynening jamoadan ketishi borasidagi mish-mishlar haqida gapirdi.

"Bilmayman, lekin mish-mishlardan hayron qolganim yo'q. Bir vaqtlar De Bryuyneni 23 yoshligidayoq qo'lga kiritib, 10 yillik shartnoma tuzishni istaganman. Hozircha uning kelajagi borasida biror nima deyish qiyin. Ko'ramiz", - dedi Gvardiola.

De Bryuyne ushbu mavsumda APLning 8 o'yinida qatnashib, 2tadan gol va assist qayd etdi. Oldinroq futbolchiga Amerika va Osiyo qitasidan takliflar borligi aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: City Xtra