De Bryuyne: "JCH sovrinini 15 terma yutishni istaydi, yakunda 14tasi xafa bo'ladi"

Mirjalol Normatov
10 iyun 2018
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne JCH-2018 haqida fikr bildirdi.

"Barchaga sovrin kerak. Jahon chempionatida 32 terma qatnashadi, shularning 15tasi g'oliblik uchun kurashadi. Biroq yakunda shulardan 14tasi xafa bo'lishadi. Turnir shunday bo'ladi. Barcha termalar JCHga yaxshi tayyorgarlik qilishadi, yaxshi formada yetib kelishadi. Barchasini jismoniy, ruhiy va o'yin vaqtidagi mayda detallar hal qiladi", - dedi De Bryuyne.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sportsmole