Davron Hoshimov va Temurxo'ja Abduxoliqov Xitoyga qarshi o'ynay olishmaydi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2014
Ummonda yoshlar o'rtasidagi (U-22) Osiyo chempionati 11 yanvar kuni start oladi.
Shuxrat Maqsudov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasi musobaqadagi ilk o'yinni 12 yanvar kuni Xitoyga qarshi o'tkazadi.

Ushbu uchrashuvda murabbiylarimiz ikki nafar futbolchimiz xizmatidan foydalana olishmaydi. Osiyo chempionati saralashining so'nggi turida Davron Hoshimov Iordaniya bilan o'yinda qizil kartochka olgandi. Bundan tashqari, Temurxo'ja Abduxoliqov saralashning so'nggi ikki o'yinida sariq kartochka olgandi. Reglamentga binoan ikkala futbolchi Ummondagi chempionatning dastlabki turni o'tkazib yuboradi.

O'zbekiston yoshlari 2-turni Iroqqa qarshi o'tkazadi. So'nggi turda esa Saudiya Arabistoni bilan o'yin bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia