Davron Fayziev "Buxoro" jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Aslanov Jasurbek
22 apr 2021
"Buxoro" jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish.

Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qilmoqda. 

"Bilasiz "Buxoro" jamoasi ushbu masvumda o'z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan.

Shundan kelib chiqib jamoaning oxirgi ikki uchrashuvda ko'rsatgan natijalari klub rahbariyati tomonidan tanqidiy ruhda ko'rib chiqilgach, bosh murabbiy o'z xohishiga ko'ra ishdan bo'shadi va klub rahbariyati Davron Fayziev bilan do'stona xayrlashdi. "Buxoro" jamoasi Davron Orifovichga minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

"Buxoro" bosh murabbiyi etib Anvar Berdiev tayinlandi. Anvar Qurbonovichga murabbiylar Sergey Lebedev va Suxrob Qobilovlar yaqindan yordam berishadi. Berdievgning faoilyatlarida omad tilab jamoamiz bilan yangi cho'qqilarni zabt etib, muxlislarni xursand etishini tilab qolamiz",- deya xabar bermoqda klub rasmiy telegram kanali. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати