Davron Fayziev: "Meni nomimdan "odnoklassniki"da aytilganlar yolg'on"

Narzulla Saydullayev
31 avg 2013
Bugun "Odnoklassniki.ru" saytida sharhlovchi Davron Fayziev nomi bilan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi "Sport TV"ni kuchli beshlik chempionatini olib ko'rsatilmayotganiga "aniqlik" kiritib o'tgan ekan.
Unda yozilishicha translyatsiyani uzilib qolishiga asosiy sabab, kerakli texnikalarni nosozligi ekan.

Shu masala bo'yicha saytimiz bilan bog'langan jurnalist, odnoklassnikidagi profil o'ziniki emasligi, u erdagi gaplarga uning aloqasi yo'qligini aytib o'tar ekan, muxlislarni yolg'on axborot bilan chalg'imaslikka chaqirdi.

"Bu haqda o'qib o'zim ham hayron qoldim. Bu erda haqiqatdan yiroq gaplar yozilgan. Undan tashqari odnoklassniki.ru saytida profilim yo'q. Agar aytadigan gaplarim bo'lganida, biron-bir sport saytida o'z fikrimni bildirgan bo'lar edim", - deydi Davron Fayziev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia