Davids o'yin vaqtida raqiblar bilan mushtlashgani uchun qizil kartochka oldi

Tolibjon Qosimov
14 okt 2013
Gollandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, ayni paytda "Barnet"ning o'ynovchi murabbiyi sifatida harakat qilayotgan Edgar Davids "Reksem" klubiga qarshi o'yinda raqiblar bilan mushtlashib ketdi.
13 oktyabr kuni Angliya beshinchi ligasida doirasidagi o'yin 1:1 hisobida yakunlandi. 88-daqiqada "Barnet" 1:0 hisobida oldinda edi, shu vaqtda Davids raqibga tirsagi bilan zarba berdi. Janjal natijasida Davids va "Reksem" himoyachisi Stiven Rayt qizil kartochka olishdi. Qo'shib berilgan daqiqalarda esa mehmonlar javob to'pini kiritishdi.

Ayni paytda "Barnet" 15ta o'yindan 22 ochko to'plab 9-o'rinda bormoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com