Davide Frattezi: "Bu nima edi? Shunchalik baland ovozda baqirganimdan boshim aylanib ketdi"

Iskandarov Abdulaziz
7 may 2025
"Inter" yarim himoyachisi Davide Frattezi "Barselona" ustidan qozonilgan (4:3) g'alabadan so'ng fikrlarini bildirdi.

"Bu nima edi? Bilmadim. Shunchalik baland ovozda nishonladimki, boshim aylanib ketdi. Myunxendagi o'yindan keyin bunday his-tuyg'ularni boshimdan o'tkazaman deb o'ylamagandim. Lekin futbolning jozibasi cheksiz. Bularning barchasi mening fidokorona mehnatim uchun mukofot bo'ldi",- deydi Frattezi UEFA rasmiy saytiga.

Eslatib o'tamiz, Frattezi chorak finalda "Bavariya"ga qarshi o'yinda ham hal qiluvchi gol muallifiga aylangandi.  


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: UEFA