David Silva A Seriya vakili bilan muzokara o'tkazmoqda, unga Osiyo klublari ham taklif yuborgan

Eldor Akmurzayev
28 iyul 2020
Avvalroq, “Man Siti” xavbeki David Silva jamoani tark etayotgani haqda xabar bergandik.

U faoliyatini “Lacio”da davom ettirishi mumkin. As manbasiga ko'ra, rimliklar 34 yoshli ispaniyalik bilan ilk muzokaralarni boshlagan. Silvaning xizmatlariga klub ustozi Simone Indzagi qiziqmoqda.

Shuningdek, xavbekka BAAning “Shabab Al-Ahli” va “An-Nasr" ham taklif yuborgan.

David APLning yakunlangan mavsumida 27 o'yinda qatnashdi va 6+10 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As