David Luiz yozda "Arsenal"dan tekinga ketadi

Alisher
19 may 2021
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi David Luizning yozda London klubidan kyetishini e'lon qildi.

34 yoshli braziliyalik futbolchi erkin agent maqomida klubni tark etadi, sababi uning shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

"O'tgan yili shartnomani bir mavsumga uzaytirishga muvaffaq bo'lgan edik. U borini berdi, men imkon qadar ko'proq unga yordam berishga harakat qildim, klub ham. Bir necha suhbatlardan so'ng biz qaror qildikki, kyetish eng yaxshi yo'l", - deydi Arteta.

David Luiz "Arsenal"da 2019 yilning avgustidan beri o'ynaydi. Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum jamoa safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com