David Alaba bir oyga safdan chiqdi, u muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
23 fev 2023
"Real" futbolchilari Rodrigo hamda David Alaba jarohat olib, safdan chiqdi.

Ikkala futbolchi YCHLning 1/8 finali doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yinda jarohat oldi, Alaba 27-daqiqada, Rodrigo esa 81-daqiqada maydondan olingandi.

"Real" matbuot xizmati Davidning o'ng oyog'ida, Rodrigoning mushaklarida jarohat borligini ma'lum qildi. "El Chiringuito TV" xabariga ko'ra, Alabaning tiklanishi uchun bir oy, Rodrigoga esa 10 kun kerak.

"Real" 25 fevral kuni "Atletiko", 2 mart kuni "Barselona" bilan o'ynaydi. Ushbu o'yinlarda Alaba va Rodrigo ishtirok etmasligi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito TV