Darvozabonlar muammosi bilan kurashayotgan "Liverpul" Kurtua uchun kurashadi

Mirjalol Normatov
3 iyun 2018, 11:46
"Liverpul" yangi mavsumda Loris Kariusning xizmatlaridan foydalanmoqchi emas.

“Sky Sports” xabariga ko'ra, mersisaydliklar "Chelsi" posboni Tibo Kurtua uchun kurashga qo'shilgan. Oldinroq belgiyalik darvozabon rahbariyat bilan kelisha olmayotgani sababli jamoadan ketishni istayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Uning "aristokratlar" bilan shartnomasi 2019 yilga qadar davom etadi. Shu boisdan londonliklar ham uni tezroq sotib yuborishlari mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SkySports