Darvin Nunesning keyingi klubi ma'lum

Alisher
11 iyun 2022
"Benfika" hujumchisi Darvin Nunes "Liverpul"ga o'tadi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Mersisayd klubi "Benfika" bilan hujumchi Darvin Nunesning transferi borasida kelishuvga erishdi.

Klub 22 yoshli urugvaylik uchun 80 million evro to'laydi, shuningdek 20 million evro bonuslar sifatida ko'zda tutilgan. Futbolchining o'zi klub bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Nunes 2021/22 yilgi mavsum "Benfika" libosida 41ta o'yinda maydonga tushib, 34ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano