Darvidas Sernas: "Nasaf"ni mag'lub etib, muxlislarni xursand qilmoqchimiz"

Narzulla Saydullayev
29 noya 2018, 10:20
O'zbekiston Superligasi 32-turidan o'rin olgan “Sug'diyona” va “Nasaf” o'yini bo'lib o'tadi.

Mazkur o'yin oldidan jizzaxliklar hujumchisi Darvidas Sernas o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

“Bu biz uchun hal qiluvchi bahs bo'ladi. G'alaba juda muhim. Ishonchim komilki, har bir jamoadaoshim bu o'yin qanchalik muhimligini his qilib turipti. Shu sababli ustunlikni qo'lga kiritish uchun imkon boricha harakat qilish lozim. Ammo boshqa jamoalar natijalarini ham hisobga olishga to'g'ri keladi. Shunday bo'lsada, g'alaba qozonib,  muxlislarni xursand qilishga astoydil harakat qilamiz”, - deydi Darvidas.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати