Daniele de Rossi: "Sakkiz turdan keyin chempionlik haqida o'ylashga shoshmasligimiz kerak"

Tolibjon Qosimov
23 okt 2013
"Roma" yarim himoyachisi Daniele de Rossi, sakkizta o'yinda ketma-ket g'alaba qozonilgan bo'lsda biroq hali chempionlik haqida o'ylash uchun erta ekanini takidlamoqda.
"Bunday muvoffaqiyatli startga bizdan oldin boshqa jamoalar ham erishishgan. Biroq farqi, hozir Italiya chempionatida raqobat ancha kuchliroq. Hozirdan chempionlik haqidagi orzularga berilib ketmasligim kerak".

"Bosh murabbiyimiz tez-tez bizga Madridning "Atletiko"si bilan ro'y bergan holatni misol qilib keltiradi. Ular sakkiztalab o'yinlarda ketma-ket g'alaba qozonishadi-yu lekin primerani yuta olishmaydi. Bizda undan boshqa misollar ham bor. Qachonlardir "Roma" 11ta o'yinda ketma-ket g'alabaga erishgan. Biroq mavsumni beshinchi o'rinda yakunlagan".

"Agar shu tarzda davom etsak, shunda yuqori saviyali jamoalar orasida o'z so'zimizni ayta olamiz. Hozircha hech narsa yutmadik. Kuchli klublar ham bizda biroz qo'rqa boshlashgan bo'lishsa ham", dedi de Rossi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru