Dalich: "Xorvatiya Braziliyaga qarshi bo'lgan o'yinni takrorlaydi. Hech kimdan qo'rqmaymiz"

Mirjalol Normatov
11 dek 2022
JCH-2022 yarim finali doirasida Argentinaga qarshi o'yin oldidan Xorvatiya bosh murabbiyi Zlatko Dalich o'z fikrlarini bildirdi.

"Ha, ko'proq himoyalanamiz. Biroq Messi uchun alohida futbolchi ajratmayman. Braziliyaga qarshi o'yinda bunday qilganim yo'q. U qanday mehnat qilishini, to'p bilan bo'lishni yaxshi ko'rishini bilamiz. Himoyalanishdagi asosiy jihat - tartib. Hech kimdan qo'rqmaymiz. Braziliyaga qarshi o'yinni takrorlaymiz.

Argentinaning o'yinini mayda detallargacha taxlil qilamiz. Chunki ularga qarshi o'ynashimizni kutmagandik. Messi - termaning asosiy futbolchilaridan biri. U yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va termani o'z ortidan ergashtirmoqda. Tarkibda yosh futbolchilar ko'p, ular xavfli o'yin ko'rsatmoqda.

Argentinada ham muammolar bor. Niderlandiya bilan o'yinda 2:0 hisobi 2:2 ko'rinishiga keldi. Barchasi o'zimizga bog'liq. Agarda o'zimizning eng yaxshi futbolimizni namoyish qila olsak, barchasi yaxshi bo'ladi", - dedi Dalich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal