“Daily Mail”: JCH-2034 Saudiya Arabistonida bo'ladi. Buning uchun FIFA 1 milliard dollar oladi

Nozimov Nig'monxo'ja
8 okt 2023
“Daily Mail” 2034 yilda bo'lib o'tishi lozim bo'ladigan Jahon chempionatining mezboni Saudiya Arabistoni deb ma'lum qildi.

Ularning ma'lum qilishicha, FIFA allaqachon Saudiya variantiga rozilik berishgan. Bu rozilik ortidan esa FIFA 1 milliard dollarga ega bo'ladi. 

Ma'lumotlarga qaraganda, Saudiyaga Osiyoning 47 ta Afrikaning 54 ta davlatlarining katta qismi ovoz berishi kutilmoqda.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com