
Eng kuchli futbolchi? Menimcha, Kordoba. U har qanday jamoaga qiyinchilik tug'dira oladi. U maydonda harakat qilsa, Krasnodar boshqacha o'yin ko'rsatadi. Agar u maydonda bo'lmasa, jamoa ham o'zgaradi, - deb fikr bildirdi Fedotov.
Ma'lumot uchun, Kordoba joriy mavsum RPLda 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 8 ta gol va 2 ta golli uzatma bor. Shuningdek, yarim himoyachi Rossiya kubogida uchta o'yinda uchta gol urgan.