SSKA "Pari NN" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
2 iyun 2023, 13:12
"Pari NN" klubi hujumchisi Timur Suleymanov yozda jamoadan kyetishi mumkin.

Mart oyida futbolchi klub bilan yangi 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan. Bu mavsum 33 o'yinda ishtirok etgan hujumchi 12 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi. 

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi xizmatlariga SSKA jamoasi qiziqish bildirgan, ammo rasmiy taklif hozircha bo'lgani yo'q.

Eslatib o'tamiz, aynan "Pari Nijniy Novgorod" jamoasi safida hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo'ldoshev harakat qiladi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: metaratings.ru