APLda COVID-19 infekciyasi bo'yicha yangi antirekord o'rnatildi

Оқил Абдубарноев
27 dek 2021
20-26 dekabr kunlari APL klublarida 15186 ta COVID-19 testi o'tkazildi.

Ulardan 103 tasi ijobiy natija ko'rsatdi. Virus futbolchilar, shuningdek, klub vakillaridan aniqlangan.

Manbaning xabariga ko'ra, Angliya Premer-ligasida aniqlangan koronavirus infekciyalari soni bo'yicha antirekord o'rnatildi. Avvalgi antirekord o'tgan haftada o'rnatilgandi - 90 ta infekciya.

Aytish joizki, dekabr oyida klublarda koronavirus tarqalishi sababli APLning 15 ta uchrashuvi qoldirilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: BBC