Coca Cola Superliga. Termizda umuman yuta olmagan "Qizilqum" "Surxon" mehmoni, 50 yoshga to'lgan Qosimov Baqoevga qarshi

Narzulla Saydullayev
17 sen 2020, 09:02
Bugun Coca Cola Superliganing 15-turidan o'rin olgan so'nggi iki uchrashuv bo'lib o'tadi.



SURXON – QIZILQUM
17 sentyabr 2020 yil. Termiz. "Surxon" stadioni. 17:00
Hakamlar
: Ahrol Risqullaev, Husniddin Bahodirov, Oybek Kalaxo'jaev, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Jamshid Imamov.

Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida bugunga qadar 13ta o'yin o'tkazishgan. 7 marta "Surxon", 4 marta "Qizilqum" zafar quchgan va 2 marta durang kuzatilgan. Termizliklar 17ta gol urib, 13ta gol o'tkazib yuborishgan.

O'zaro o'tgan so'nggi 4ta uchrashuvning barchasida "Surxon" g'alabaga erishgan. "Qizilqum" so'nggi bor bu raqibni 2004 yilda mag'lub etgan. "Qizilqum" o'z tarixida hech qachon Termizda g'alaba qozona olmagan - 1ta durang, 5ta mag'lubiyat.

Birinchi davrada Navoiyda kechgan bahsda "Surxon" 2:1 hisobida g'alaba qozongan.





AGMK – SO'G'DIYONA
17 sentyabr 2020 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 19:00
Hakamlar:
Asker Najafaliev, Ruslan Serazitdinov, Olim Abduvosilov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev


AGMK hamda "Sŭg'diëna" hozirga qadar 23 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Qaĭd etilgan natijalar kŭrsatkichi jizzaxliklar foĭdasiga. Ŭtkazilgan bellashuvlarning 9tasida "Sŭg'diëna" g'alaba qozongan bŭlsa, AGMK hisobida 8 g'alaba mavjud. Qolgan 6 ŭĭinda esa durang qaĭd etilgan. Tŭplar nisbati kŭrsatkichi esa AGMK foĭdasida: 36-32.

"So'g'diyona" bu jamoaga qarshi kechgan oxirgi 4ta o'yinda umuman yutqazmagan - 3ta g'alaba, 1ta durang.

Birinchi davrada Jizzaxda o'tgan bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia