Coca Cola Superliga. 4-turda tomoshabin bo'yicha "Andijon" yetakchi, Toshkentda esa antirekord yangilandi

Aslanov Jasurbek
5 apr 2021, 12:39
1-3 aprel kunlari Superliganing 4-turidan o'rin olgan 7ta o'yin bo'lib o'tdi.

PFL ma'lumotiga ko'ra, bu o'yinlarni tomosha qilish uchun stadionlarga jami 28 634 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Bu har bir bahsga o'rtacha 4 090 tomoshabin kelganini anglatadi.

Eng ko'p muxlis Andijonda o'tgan "Andijon" - "Mashal" uchrashuviga keldi - 8 524. Bu borada ikkinchi natija Qo'qonda qayd etildi.  "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" uchrashuviga 6 542 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Uchinchi natija esa Qarshidagi "Nasaf" va "Turon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga tegishli bo'ldi. Shu kuni "Markaziy" o'yingohga 5 878 kishi keldi. 

Turning markaziy uchrashuvi Olmaliqda o'tkazilgan bo'lib, unda AGMK va "Navbahor" jamoalari to'qnash kelishdi. Mazkur bahsga 4 411 nafar tomoshabin kelgan.

O'tgan turda bo'lgani kabi bu turda ham 2021 yildagi eng past ko'rsatki yangilandi. Toshkentdagi "Paxtakor" - "Metallurg" bahsida 413 kishi bevosita stadiondan o'yinni kuzatdi. 

Coca Cola Superliga. 4-turda tomoshabinlar tashrifi:

"Andijon" - "Mashal" - 8 524 tomoshabin

"So'g'diyona" - "Surxon" - 1 842 tomoshabin

"Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" - 6 542 tomoshabin

"Paxtakor - "Metallurg" - 413 tomoshabin

AGMK - "Navbahor" - 4 411 tomoshabin

"Lokomotiv" - "Qizilqum" -  1 024 tomoshabin

"Nasaf" - "Turon" - 5 878 tomoshabin

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia