Coca Cola O'zbekiston kubogi. Bugun "Dinamo" - "Oq-tepa" va "Sho'rtan" - "Neftchi" o'yinlari bo'ladi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2020, 08:00
Bugun, 28 iyun kuni Coca Cola O'zbekiston kubogi saralashining ikkinchi bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

G'uzorda Asror Aliqulov boshchiligidagi "Sho'rtan" klubi Abdusamad Do'rmonov boshchiligidagi "Neftchi"ni qabul qiladi. Toshkentning "Oq-tepa" klubi esa Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'ladi. Mazkur o'yinlarda g'olib bo'lgan ikki klub Coca Cola Superliganing 14 klubiga qo'shilib, kubokning guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.


Coca Cola O'zbekiston kubogi. Saralash ikkinchi bosqichi
28 iyun, yakshanba

18:00 SHO'RTAN – NEFTCHI

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Farruh Yo'ldoshev, Otabek Qosimov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Andrey Snetkov

Komissar: Jamshid Imamov


18:00 DINAMO – OQ-TEPA

Hakamlar: Ilya Ilin, Shavkat Rahmatov, Damir Iskenderov, Shuhrat Rajabov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev.



Eslatib o'tamiz, jamoalar karantindan so'ng mashg'ulot o'tkazish uchun kam vaqtga ega bo'lganliklari bois, ularga engillik berish maqsadida saralash bahslarida 90 daqiqa ichida g'olib aniqlanmasa, to'g'ridan to'g'ri penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.

Eslatib o'tamiz, Coca Cola O'zbekiston kubogi finali Namangan shahrida bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia