"Chuqur" yoxud "Shuhrat" stadioni

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2020
Bugungi kunda Navoiy shahridagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig'ini hududida aholi tilida “Chuqur” nomi bilan mashhur (Navoiy shahar xokimligiga qarashli) “Shuhrat” futbol o'yingohi mavjud.

Ushbu o'yingohdan bugungi kunga qadar ko'plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan.

70-yillarda “Paxtakor” jamoasining umidli futbolchilaridan biri bo'lgan Shuhrat Ishbo'taev aynan ushbu stadionda futboldagi dastlabki saboqlarini olgani albatta e'tiborga molik. Bundan tashqari “Qizilqum” PFK futbolchisi F.Qambarov,shuningdek zamonaviy o'zbek futbolining eng yaxshi yosh futbochilari deb tan olingan Qarshining “Nasaf” jamoasida to'p suruvchi Islom Kenjaboev hamda Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi a'zosi Jasur Jaloliddinovlar ham aynan ana shu maydonda to'p tepib futbolga kirib kelishgan.

Garchi ana shunday iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan maydonga so'ngi yillarda mas'ul mutasaddilar bo'lgan Navoiy shahar xokimligi tomonidan e'tibor qaratilmayapti. Vaxolanki bir vaqtlar viloyat chempionatida muntazam ishtirok etib kelgan “Avtomobilchi” jamoasi, xozirgi kunda “Shuhrat”nomi ostida musobaqada kuchlilar qatorida tilga olinadigan jamoa uy uchrashuvlarini aynan shu o'yingohda o'tkazar edi. So'ngi to'rt besh yildan beri maxalliy xokimiyat tomonidan maydonga bo'lgan e'tibor sustlashgach stadion axvoli yomonlashib “Shuhrat” jamoasi chempionatdagi uchrashuvlarini ijara asosida boshqa o'yingohlarda o'tkazishga majbur bo'lib kelmoqda. Tabiiyki maydon ta'miralab xolatda. Bundan tashqari bugungi kunda viloyat futbol mahorati maktabida faoliyat olib borayotgan murabbiylar X.Ishbo'taev, A.Pirnazarov, I.Tursunov, O.Qodirov, X.Safarov va U.Narzievlar futbolga qizizquvchi yoshlarga futbolning sir-asrorlarini ushbu maydonda o'rgatib kelishgan.

“Shuhrat” futbol klubi rahbari A.Norqulovning takidlashicha,u bir necha bor shahar xokimligiga maydonni ta'mirlashga yordam berishlarini so'rab rasmiy xat bilan murojaat qilgan. Ammo bu urinishlar o'z samarasini bermagan. Yana shuningdek klub rahbarining aytishicha 2020 yil 10 iyul sanasidan Respublikamiz bo'ylab karantin choralari yanada kuchaytirilmasdan oldin ushbu maydonda hashar va xomiylik asosida ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Ushbu ta'mirlash ishlariga “Navoiy Polimer servis” xususiy korxonasi hamda “Zarafshan Golden Group” xomiylik qilishmoqda. Maydonga artizan quduq o'rnatilib maysa uchun drinaj tizimi yo'lga qo'yilmoqda. Bundan tashqari maydondagi kiyinish-echinish xonalari ham ta'mirlanib, xomiylar tomonidan zamonaviy maysao'ruvchi apparat ham xarid qilinishi rejalashtirilgan deydi klub rahbari.Ushbu xayrli ishlarga “Navoiy Polimer servis” xususiy korxonasi rahbari O'.Sharipov, “Zarafshan Golden Group” rahbari U.Payziev hamda “Shuhrat” futbol klubi rahbari A.Norqulovlar bosh-qosh bo'lishib, bir qator jonkuyarlar maydonni yaxshilash uchun xasharda faol qatnashishmoqda. Shuningdek Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan “Shuhrat” jamoasiga yangi mavsum uchun libos va to'rlar sovg'a qilingan.

“Shuhrat” futbol klubi ushbu qilinayotgan beminnat yordamlari uchun “Navoiy Polimer servis” xususiy korxonasi, “Zarafshan Golden Group” va “Bunyodkor” futbol klubi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildiradi. Ushbu ezgu ishlardan so'ng “Shuhrat” o'yingohidan ajab emas kelajakda yana SH.Ishbo'taev, F.Qambarov, I.Kenjaboev hamda J.Jaloliddinovlarga o'xshagan futbolchilar etishib chiqsa.



Shaxboz G'ulomov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia