Chiliga qarshi o'yinning penaltilar seriyasi vaqtida braziliyalik muxlis infarktdan vafot etdi

Aziz Tukhtamuradov
29 iyun 2014
Braziliya terma jamoasi muxlisi Chiliga qarshi o'yinning penaltilar seriyasi paytida infarkt natijasida vafot etdi.
69 yoshli muxlis o'yinni stadiondan uncha ham uzoq bo'lmagan barda tomosha qilayotgan edi. Penaltilar seriyasi vaqtida uning yuragi dosh bera olmadi va u kasalxonaga olib ketildi. Shifokorlar bemorni asrab qola olmadilar - erkakning yuragi ikki soatdan so'ng urishdan to'xtadi.

Umuman, ma'lumotlarga qaraganda ushbu o'yin paytida va o'yindan so'ng 98 ta odam kasalxonaga tushgan.
Shuningdek, 50 yoshli ayol ham o'yin vaqtida infarktni boshdan kechirgan. Lekin, u yashab qolishga muvaffaq bo'lgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net