Chexiya terma jamoasi futbolchisi YTX tufayli vafot etdi

Aslanov Jasurbek
29 apr 2019
"Alanyaspor" futbolchilari "Kayserispor"ga qarshi Turkiya chempionati o'yinidan (1:1) so'ng uyga qaytishda YTXga uchrashdi.

Futbolchilar avtobusda uyga qaytishayotgan edi. Yo'lda YTX sodir bo'ldi. Voqea natijasida etti nafar futbolchi jiddiy jarohat oldi, yarim himoyachi Yosef Shural esa shifokorlar urinishiga qaramay kasalxonada vafot etdi. Klub futbolchining oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Shural shu yili "Alanyaspor"ga o'tdi va jamoa tarkibida Turkiya chempionatining 9ta o'yinida maydonga tushib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Yosef 2013 yildan buyon Chexiya terma jamoasiga chaqirilayotgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com