Chexiya bosh murabbiyi: "Istefoga chiqarishlarini so'radim"
Narzulla Saydullayev
11 sen 2013
Chexiya terma jamoasi bilan to'rt yil davomida ishlab kelgan bosh murabbiyi Mixal Bilek Italiya bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng iste'fo so'radi.
"Biz jahon chempionatida o'ynashni istagandik. Biroq bu narsa amalga oshmadi. Ushbu sayohat erta nihoyasiga tuganidan juda afsusdaman. O'z missyamni bajara olmadim va biz jahon chempionatiga chiqa olmadik. Men iste'fo so'radim", dedi Bilek.