

"Men juda baxtliman. Jamoa bu pley-off bosqichi yillar davomida kutilganini biladi. Futbolchilarimga ushbu daqiqadan zavqlanishlarini aytdim.
Baxtimizga turnirda qoldik va Fransiyaga qarshi o'ynaymiz. Shuncha yillardan keyin pley-offga chiqdik.
Tayyorlanish uchun yakshanbagacha vaqtimiz bor. Bugun mag'lub bo'ldik, lekin unchalik yaxshi futbol bo'lmadi.
Levandovski juda ko'p harakat qildi, lekin biz unga yordam bermadik. Agar jamoamiz to'pga egalik qilganida, Messi jamoamizda bo'lganida, Levandovski 5 ta gol urgan bo'lardi. Unga yordam berish lozim. Lekin Messi ham gol ura olmadi", – dedi Mixnevich.



