Cherishev "Atletiko"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin

Alisher
5 noya 2021
"Valensiya"ning rossiyalik yarim himoyachisi Denis Cherishev navbatdagi jarohatdan tiklandi va umumiy guruhdagi mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.

30 yoshli rossiyalik futbolchi 7 noyabrda bo'lib o'tadigan Ispaniya chempionati 13-tur doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Cherishuv "Osasuna"ga qarshi o'yindan so'ng 13 sentyabrda safdan chiqqan edi.

O'yinchi joriy mavsum "Valensiya" tarkibida 4ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Estadio Deportivo