

Bu ma'lumotni italiya va ispan OAVlari keng ommaga yoyishgandi, ammo shunday bo'lib chiqdiki, 27-yashar futbolchining sahifasiga xakkerlar hujum uyushtirgan holos.
"Men o'sha vaqtda jamoadoshim Ruben Peres bilan PlayStation o'ynayotgandim. Kimdir mening „Tvitter“dagi sahifamga kirish yo'lini topa olgan. Advokatlarim bilan bu boradajiddiy gaplashib olaman.
Kelajakda nima bo'lishini bilmayman, ammo hozirda men "matraschi" emasman. Bir nechta klub sen bilan qiziqayotgani yoqimli, ammo „Tvitter“ga hech nima yozganim yo'q, - deya Cherchi so'zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.



