Chempionshipda APL uchun kurash: "Nottingem" pley-off finaliga chiqdi

Aziz Tukhtamuradov
18 may 2022
"Nottingem Forest" jamoasi Chempionship pley-offining yarim finalida "Sheffild Yunayted" bilan o'ynadi.

Jamoalarning birinchi o'yinida "Nottingem", ikkinchisida esa "Sheffild" g'alaba qozondi. Penaltilar seriyasida esa omad "Nottingem"ga kulib boqdi. 

Endi jamoa 29 may kuni "Xaddersfild"ga qarshi o'ynaydi. Ushbu bahs g'olibi kelasi yil APLda o'ynash huquqiga ega bo'ladi. 

Avvalroq Chempionshipda 1 va 2-o'rinlarni egallagan "Fulxem" va "Bornmut" jamoalari APL yo'llanmasini hal qilishgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia