Chempionship vakili 3 milliard evrolik stadion quradi

Khoja
21 noya 2025
"Birmingem Siti" futbol klubi o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 62 000 o'rinli yangi stadion qurish rejasini e'lon qildi.

Klubning hozirgi "Sent Endryu" stadioni 29 409 tomoshabinga mo'ljallangan.

ESPN ma'lumotlariga ko'ra, ushbu sport inshootining qurilish qiymati kamida 2,5 milliard funt sterlingni (2,8 milliard evro) tashkil qiladi. Stadion 2030/2031 yilgi mavsum boshlanishiga qadar qurib bitkazilishi kutilmoqda.

"Birmingem" ayni vaqtda Chempionshipda 11-o'rinda ketmoqda.


KhojaMuallif
Manba: ESPN

O'xshash yangiliklar