Chempionlar ligasida hafta futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
20 fev 2025
UEFA YCHL pley-off dastlabki bosqichi uchrashuvlaridan keyin hafta futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarni e'lon qildi.

Ro'yxatdan to'rt o'yinchi o'rin egalladi: "Real" hujumchisi Kilian Mbappe - "Manchester Siti" bilan o'yinda (3:1) xet-trik; PSV yarim himoyachisi Noa Lang - "Yuventus" bilan uchrashuvda (3:1) assist; "Benfika" xavbegi Orkun Kokchu - "Monako"ga qarshi bahsda (3:3) hal qiluvchi gol muallifi; PSJ yarim himoyachisi Vitinya - "Brest" bilan bellashuvda (7:0) gol.

Qiziq, sovrin qaysi futbolchiga nasib qilarkin?

Avvalroq, Kilian Mbappe La Ligada ham oy futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar qatorida ekanligi haqida xabar bergandik.


"Real" La Ligani boshqa chempionatga alishtirmoqchi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UEFA