"Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan "Liverpul"ning uch futbolchisida koronavirus aniqlandi

Оқил Абдубарноев
31 dek 2021, 21:39
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp so'nggi paytlarda o'yinchilar o'rtasida uchta yangi koronavirus infekciyasi holati haqida ma'lum qildi.

"Hozir vaziyat unchalik yaxshi emas. Gap kim haqida ketayotganini ayta olmayman, lekin jamoaning kelgusi bahsdagi tarkibiga ko'z tashlasangiz, barchasi etarlicha oydinlashadi", - deya izoh berdi nemis murabbiyi.

Eslatib o'tamiz, 2 yanvar kuni "Liverpul" APLning 21-turi doirasida "Chelsi"ga qarshi bahs olib boradi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/BenDinnery