"Chelsi" yarim himoyachisi jamoadan kyetishi mumkin

Alisher
26 avg 2019
Yarim himoyachi Kenedi "Chelsi"dan kyetish niyatida.

23 yoshli braziliyalik o'yinchi jamoadagi o'rnidan norozi.

Kenedi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi va shu sababdan jamoadan kyetish harakatiga tushib qolgan.

Futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan.

"Fluminense" tarbiyalanuvchisi London klubiga 2016 yilda o'tgan edi. "Aristokratlar" esa uni "Uotford" va "Nyukasl" klublariga ijaraga bergan edi.

Futbolchi o'tgan mavsum jamoasi tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph