"Chelsi" "Xayduk" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2014
"Chelsi" "Xayduk"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Mario Pasalich bilan shartnoma tuzdi.
Bu futbolchi Xorvatiya U-21 jamoasi sharafini himoya qilgan va milliy terma jamoaga nomzod hisoblanadi.

"Chelsi"ga o'tganimdan baxtiyorman, klubning mashg'ulot bazasini ko'rib qoyil qoldim. "Xayduk"dagi barchaga rahmat aytaman, faoliyatimda yangi bosqich boshlanmoqda. Men markaziy yarim himoyachiman, sevimli o'yinchim Frenk Lempard, shu bois ham aynan "Chelsi"ga o'tganimdan xursandman, - deydi Pasalich.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru