"Chelsi", "Tottenxem" va "Arsenal" Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
20 fev 2022
"Bild" nashri jurnalisti Kristian Falk bergan xabarga ko'ra, Angliya klublari "Shtutgart"ning xorvatiyalik himoyachisi Borna Sosaga qiziqishmoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchiga Londonning "Chelsi", "Tottenxem" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining transferi yozgi transferlar vaqtida amalga oshishi mumkin.

24 yoshli Sosa ushbu mavsumda "Shtutgart" safida barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild

O'xshash yangiliklar