"Chelsi" Sterlingni "Man Siti"dan 45+10 mln funtga xarid qilishga yaqin. Rahim "ko'klar" bilan AQSH bo'ylab turnega yo'l oladi

Alisher
6 iyul 2022
"Chelsi" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rahim Sterlingning transferini yakunlamoqda.

"Ko'klar" angliyalik uchun 45 mln funt to'lashadi. "Shaharliklar" yana 10 mln bonus sifatida olishlari mumkin. London klubi hozirda transferning so'nggi detallarini muhokama qilmoqda.

27 yoshli futbolchi taklif qilingan shartlardan butunlay qoniqish hosil qilgan.

Rahimning "Chelsi" bilan AQSHdagi mavsumoldi turnega yo'l olishi kutilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Independent