

Xart joriy mavsumda ijara asosida "Torino" sharafini himoya qilmoqda.
"Agar Klopning o'rnida bo'lganimda, Xartni xarid qilgan bo'lardim. Germaniyaga qarshi bahsda Sane bergan zarbadan so'ng u amalga oshirgan seyv ajoyib bo'ldi. Jo ajoyib posbon va uni Premer-ligada ko'rmoqchiman.
Agar "Liverpul"dagilar Xartni xarid qilishni istashsa, Minole ketsa kerak. U o'zini birinchi raqamli darvozabon deb hisoblaydi, Karius esa qolishi mumkin" - deydi Uilkins.
Jo Xart va "Manchester Siti" o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi.



