“Chelsi” “Roma”ning biryo'la ikki futbolchisini sotib olmoqchi

Londonliklar avvaliga himoyachi Emersonni sotib olish taklifini “Roma” rahbariyatiga bildirgan edi.

Endi esa uning yoniga jamoa hujumchisi Edin Jekoni ham qo'shish varianti paydo bo'ldi. London jamoasi rahbariyati ikkala futbolchi uchun 50 million evro berishga tayyor. Bu ma'lumotni taniqli jurnalist Janluka Di Marcio ham tasdiqladi.

“Roma” esa taklif etilayotgan summadan norozi. Jamoa 65 million evro so'ramoqda. Shuningek, “Chelsi” bu transferga Mishi Batshuayini qo'shishga ham qarshi emas.


Manba: Sky Sport Italia