"Chelsi" o'z tarkibini PSJ futbolchisi bilan kuchaytirib olmoqchi

Alisher
8 sen 2020
27 yoshli darvozabon Alfons Areola PSJdan ketishi va "Chelsi"ga yo'l olishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, darvozabon o'tgan mavsumni Parij grandi safida boshlagandi, ammo u sentyabr oyi boshida ijara asosida Madridning "Real" klubiga o'tdi.

Areola 2019/20 yilgi mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 14ta to'p olib chiqdi.

Eslatib o'tamiz, Angliyada yangi mavsum shanba kuni boshlanadi. London klubi esa ilk o'yinini "Brayton"ga qarshi o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: Le10Sport