"Chelsi" Osimxenni maoshini ikki barobar oshirib, sotib olishga tayyor

Omonjon To`xtamirzayev
3 mar 2023, 13:44
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Viktor Osimxen sotilmasligini ta'kidladi.

"Chelsi" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenga moliyaviy jihatdan yaxshiroq taklif jo'natmoqchi.

Bu haqida Italiyaning Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, London klubi xo'jayini Todd Boeli o'yinchi maoshini ikkibarobar oshirishga tayyor. Neapolliklar futbolchisi uchun 120 - 130 mln evro olmoqchi.

Shuningdek, Osimxen xizmatlariga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Score Nigeria