"Chelsi" Moyses Kaysedo transferi bo'yicha muzokaralarni boshlamoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyun 2023
Yaqin ikki kun ichida "Chelsi" "Brayton end Xouv Albion" bilan yarim himoyachi Moyses Kaysedo transferi bo'yicha muzokaralarni boshlaydi.

Takidlanishicha, futbolchining o'zi bilan shartnoma borasidagi barcha detallar kelishib qo'yilgan.

Angliya Premer-Ligasining ortda qolgan mavsumida Kaysedo 37 uchrashuvda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi. 

"Transfermarkt" portali 21 yoshli futbolchining transfer narxini 75 million evro deb baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano