"Chelsi" "Manchester Siti" a'zosini sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2023
"Chelsi" "Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer transferini hal qildi.

Bu haqda "Sky Sports" xabar bermoqda.

"Ko'klar" 21 yoshli angliyalik uchun 40 mln funt to'laydi, yarim himoyachining o'zi allaqachon Londonga o'tishga rozi bo'lgan.

Palmer asli Manchesterlik bo'lib, "Siti" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Koul "shaharliklar" asosiy jamoasida 41 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan, shuningdek, 6 ta sovringa ega chiqqan. Yaqinda UEFA Superkubogi uchun o'tkazilgan o'yinda futbolchi "Sevilya"ga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

Palmer "Siti" tizimida U-21 jamoalari o'rtasida Yevropa chempioniga aylangan, 105 ta uchrashuvda "gol+pas" tizimida "48+21" natija qayd etgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports