

Turnirning so'nggi bahsida PSJ va "Chelsi" yoshlari maydonda kuch sinashishdi.
O'yinning o'ninchi daqiqasida Fikayo Tomori ko'klarni hisobda oldinga olib chiqdi. 58-daqiqada Yaku Meyte o'rtadagi muvozanatni tikladi. 3 daqiqa o'tib "Chelsi" futbolchisi Keysi Palmer o'z jamoasiga g'alaba keltirdi.
"Chelsi" ketma-ket ikkinchi marotaba UEFA Yoshlar ligasida chempionga aylandi, ular o'tgan mavsumning finalida "Shaxtyor" futbolchilarini mag'lub etishgan edi.
UEFA Yoshlar ligasi
PSJ U19 (Parij, Fransiya) – Chelsi U19 (London, Angliya) – 1:2
Gollar: Tomori, 10 (0:1); Meyte, 58 (1:1); Palmer, 61 (1:2).
Ogohlantirishlar: Eboa Eboa, 23; Meyte, 81 – Tomori, 12; Skott, 40; Eyna, 64; Klark-Salter, 73; Muxtar, 90+3.



