“Chelsi” Kaysedo uchun yaxshilagan taklif yubormoqchi

Alisher
17 iyul 2023, 10:05
“Chelsi” “Brayton” yarim himoyachisi Moyses Kaysedo uchun yangi taklif yuborishga tayyor.

 “Ko'klar” futbolchi uchun kafolatlangan 80 million evro va bonuslar berishga tayyor. London klubi transferni ushbu haftada yakunlashga umid qilmoqda. 

Uning"chaykalar" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Kaysedo o'tgan mavsum 43ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali o'yinchini 75 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: championat.com