"Chelsi" himoyachisiga APLning to'rt klubi qiziqish bildirmoqda

Оқил Абдубарноев
27 iyun 2022
"Chelsi" tarbiyalanuvchisi Levi Kolvill birdaniga Angliya Premer-ligasining to'rtta klubi qiziqish doirasiga kirdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, "Lester", "Nottingem Forest", "Everton" va "Nyukasl" ingliz futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Kolvill o'tgan mavsumni "Xaddersfild"da ijara asosida o'tkazdi va jamoaga Chempionship pley-off finaliga chiqishga yordam berdi, ushbu bosqichda esa ingliz futbolchisi avtogol muallifi bo'ldi va "Nottingem Forest"ga yuqori divizionga qaytishga imkoniyat yaratdi.

"Chelsi" Kolvill bilan xayrlashishga shoshilmayapti. Klub bosh murabbiyi Tomas Tuxel mavsumoldi tayyorgarlikdan so'ng futbolchining kelajagi borasida bir qarorga keladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano